---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://browser.yandex.by/help/en/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://browser.yandex.by/help/kk/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://browser.yandex.by/help/ru/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://browser.yandex.by/help/tr/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://browser.yandex.by/help/uz/security/passwords-export-from-other-managers.md
keywords:
  - LastPass’dan parollarni faylga eksport qilish.
  - Kaspersky Password Managerdan parollarni faylga eksport qilish.
  - Faylga 1Password’dan parollarni eksport qilish.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.by/help/uz/llms.txt




# Protect: parollar menejerlaridan parollarni eksport qilish


## Faylga 1Password’dan parollarni eksport qilish {#onepassword}


{% note alert %}

Faylda parollar shifrlanmagan shaklda saqlanadi, aks holda ularni [Yandex Brauzerga](https://browser.yandex.uz/) yoki boshqa dasturga import qilish imkonsiz. Bu faylni elektron pochta orqali yubormang, unga hech kimning kirishiga ruxsat bermang hamda parollarni boshqa dasturga import qilgandan keyin faylni darhol oʻchirib tashlang.

{% endnote %}



{% list tabs %}

- 1Password 7 (Windows)


  1. 1Password’ni oching va uni blokdan chiqaring.
  1. Import qilmoqchi bo‘lgan parollaringizni tanlang.

      {% note tip %}

      Bir nechta parollarni belgilash uchun **Ctrl** tugmasini bosib turgan holda ularni birma-bir bosing. Barcha parollarni tanlash uchun **Ctrl**+**A** tugmalarini bosing.

      {% endnote %}

  1. Belgilangan parollar ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va **Eksport** buyrugʻini tanlang.
  1. Fayl formatini koʻrsating **Comma Delimited Text (.csv)**. Brauzer **Plain Text (.txt)** formatini qoʻllab-quvvatlamaydi.
  1. Faylni nomlang va uni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyga saqlang.


- 1Password 4 (Windows)


  1. 1Password’ni oching va uni blokdan chiqaring.
  1. Eksport qilmoqchi bo‘lgan ombor asosiy parolini kiriting (buni alohida parollar bilan amalga oshirish imkonsiz).
  1. **File** → **Export** tugmasini bosing.
  1. Fayl formatini tanlang:
      - PIF (`.1pif`) uchun qoʻshimcha sozlamalar talab qilinmaydi;
      - CSV uchun (`.csv`) **Umumiy kataklar** va **Ustun sarlavhalarini kiritish** variantlarni yoqing.

  1. Faylni nomlang va uni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyga saqlang.


- 1Password 7 (macOS)


  1. 1Password’ni oching va uni blokdan chiqaring.
  1. Import qilmoqchi bo‘lgan parollaringizni tanlang.

      {% note tip %}

      Bir nechta parollarni belgilash uchun **Ctrl** tugmasini bosib turgan holda ularni birma-bir bosing. Barcha parollarni tanlash uchun **Ctrl**+**A** tugmalarini bosing.

      {% endnote %}

  1. Belgilangan parollar ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va **Fayl** → **Eksport qilish** → **Tanlangan elementlar** buyrugʻini tanlang.
  1. Ombordan asosiy parolni kiriting.
  1. Fayl formatini tanlang:
      - PIF (`.1pif`) uchun qoʻshimcha sozlamalar talab qilinmaydi;
      - CSV uchun (`.csv`) **Umumiy kataklar** va **Ustun sarlavhalarini kiritish** variantlarni yoqing.

  1. Faylni nomlang va uni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyga saqlang.


{% endlist %}


## LastPass’dan parollarni faylga eksport qilish {#lastpass}


{% note alert %}

Parollar faylda shifrlanmagan shaklda saqlanadi, aks holda ularni Brauzerga yoki boshqa dasturga import qilib bo‘lmaydi. Bu faylni elektron pochta orqali yubormang, unga hech kimning kirishiga ruxsat bermang hamda parollarni boshqa dasturga import qilgandan keyin faylni darhol oʻchirib tashlang.

{% endnote %}


1. [Aqlli satr](*smart-link) o‘ng tomonidagi ![](../_image/lastpass-icon.png) kengaytma belgisini bosing.. Agar belgi ko‘rinmasa, uni [yoqing](https://browser.yandex.by/help/uz/personalization/extension.md).
1. **Kengaytirilgan sozlamalar** → **Qo‘shimcha** → **Eksport** → **LastPass CSV fayli** bandini tanlang.
1. LastPass omboridan asosiy parolni kiriting.
1. Yozuvlarga ega ombor sahifasi ochiladi. Barcha yozuvlarni belgilang va ularni almashish buferiga nusxalang.
1. Istalgan matn muharririni oching (masalan, Windows **Bloknot**).
1. Almashish buferidan matnni qo‘shib qo‘ying.
1. Faylni nomlang va uni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyga saqlang.


## Kaspersky Password Managerdan parollarni faylga eksport qilish {#kaspersky}


{% note alert %}

Parollar faylda shifrlanmagan shaklda saqlanadi, aks holda ularni Brauzerga yoki istalgan boshqa dasturga import qilib bo‘lmaydi. Bu faylni elektron pochta orqali yubormang, unga hech kimning kirishiga ruxsat bermang hamda parollarni boshqa dasturga import qilgandan keyin faylni darhol oʻchirib tashlang.

{% endnote %}


1. Kaspersky Password Managerni oching va uni blokdan chiqaring.
1. **Sozlamalar** → **Import va eksport** boʻlimiga kiring.
1.  **Matnli faylga eksport qilish** boʻlimida **Eksport qilish**ni bosing.
1. Faylga nom bering va uni TXT formatida istalgan qulay joyga saqlang.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.